"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston va Gruziya avtotashuvlar uchun ruxsatnomalarni elektron almashishga o‘tadi.

Для строительства инфраструктуры в грузинских портах будет создан консорциум из крупных экспедиторских компаний.

O‘zbekiston Gruziya portlarida o‘z infratuzilmasini yaratadi va ruxsatnomalarni elektron almashishga o‘tadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftada Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi transport-logistika sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Xususan, tashrif davomida tomonlar avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalarni to‘liq elektron almashishga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi — bu ikki davlat o‘rtasidagi hamda uchinchi mamlakatlarga amalga oshiriladigan tashuvlarga ham taalluqli. Bu shaffoflikni ta’minlaydi, vaqtni tejaydi va tashuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Mahkamov bugungi kunda o‘zbekistonlik avtotashuvchilarning 60 foizdan ortig‘i Gruziya orqali yuk tashishini ta’kidladi.

Shuningdek, temir yo‘l rahbariyati bilan chegirmalar tizimini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Agar ilgari CASCA+ yo‘nalishi bo‘yicha olti davlat o‘rtasidagi konteyner tashuvlariga 70 foizgacha chegirmalar amal qilgan bo‘lsa, endilikda ular boshqa turdagi vagonlarga ham tatbiq etiladi.

«Gruziya haqida gapirganda, uning ochiq dengizga chiqish imkoniga ega portlariga e’tibor qaratishimiz kerak. Biz ushbu portlarda o‘z infratuzilmamizni yaratish bo‘yicha kelishib oldik», — dedi vazir.

Transport vazirligi rahbari ushbu rejalarni amalga oshirish uchun yirik ekspeditorlik kompaniyalaridan iborat konsorsium tuzilishini, u o‘zbekistonlik eksportyor va importyorlar bilan birgalikda port infratuzilmasini qurish bilan shug‘ullanishini qayd etdi.

Avvalroq Spot O‘zbekiston Gruziyadagi Anakliya porti qurilishida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.

Manba