"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2025" 21-Xalqaro ko`rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Ko`rgazma haqida

TransLogistica Uzbekistan logistika tizimlarini takomillashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, transport va logistika IT texnologiyalari, investitsiyalarni jalb qilish va Markaziy Osiyo bo`ylab yuk tashish hajmining o`sishiga hissa qo`shuvchi bozor peshqadamlari va xalqaro soha mutaxassislarini bir maydonda birlashtirgan O`zbekistondagi yetakchi xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasidir.

Sohaning yetakchi kompaniyalarning ishtiroki va yildan-yilga yangi o`yinchilar sonining ko`payishi orqali ko`rgazmaga tashrif buyurish bozordagi vaziyatni baholash, turli yetkazib beruvchilarning takliflarini solishtirish va sohaning rivojlanish tendentsiyalarini aniqlash imkonini beradi.

O`tgan yilgi ko`rgazma natijalari:
  • dunyoning 15 mamlakatidan 4 621 nafar noyob tashrif buyuruvchi - mutaxassis;
  • Ko`rgazma ishtirokchilarining 94 foizi ko`rgazmada yangi mijozlar va hamkorlar topdilar;
  • Ishtirokchilarning 90 foizi tashrif buyuruvchilar soni va sifatidan mamnun;
  • 82 foiz mehmonlar 2025 yilda ko`rgazmaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqdalar;
  • 87 foiz ishtirokchilar kelgusi yilda ishtirok etish uchun intilishlarini bildirdilar;
  • Ishtirokchilarning 75 foizi ko`rgazmani hamkasblari va hamkorlariga tavsiya etadi.