"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Oʻzbekiston besh yil ichida aviayuk tashish hajmini 182 foizga oshirdi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yuk aviatransporti rivojlanish sur’atlari bo‘yicha eng tez o‘sayotgan bozorlardan biriga aylandi. 2019–2024 yillarda mamlakatdagi havo yuklari hajmi 182% ga oshdi.

Bu haqda Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Nazarov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Central Asia Air Cargo III xalqaro aviatsiya sammitida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston aeroportlari orqali 98 ming tonna yuk tashilgan. 2026 yilning birinchi yarmida yuk aviatransporti hajmi yana 33% ga oshdi.

Tarmoq rivojiga mamlakatning geografik joylashuvi, «ochiq osmon» siyosati va aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yordam bermoqda. O‘zbekistonda Navoiy xalqaro aeroporti negizida yuk xabini rivojlantirish, yangi yuk terminallarini qurish va xalqaro aviakompaniyalarni jalb etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatda aviayuk tashish bozorini yanada kengaytirish bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar ham belgilangan. Xususan, 2036 yilga borib tashish hajmini 300 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadga erishish uchun aeroport infratuzilmasini rivojlantirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish va sohada xalqaro standartlarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

«O‘zbekiston xalqaro aviayuk tashish bozori ishtirokchilari uchun ochiq va yangi imkoniyatlarni taklif etadi», — dedi Jamoliddin Nazarov.

Manba