"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston va Qatar iqtisodiyot, energetika va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklikni faollashtirish, iqtisodiyot, energetika, logistika va turizm sohalarida qo‘shma ishlarni kengaytirish niyatida. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ushbu masalalarni Qatar elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan muhokama qildi.

Tomonlar oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ko‘rib chiqdilar. Investitsiyalar va madaniy-gumanitar hamkorlik ham istiqbolli yo‘nalishlar qatoridan o‘rin oldi.

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali va ikki davlatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Elchi, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dohaga yaqinda amalga oshirgan tashrifi va shaxsan o‘zi bildirgan hamdardlik uchun Qatar tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qatar poytaxtiga mamlakat sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafoti munosabati bilan kelgan edi. Oʻzbekiston rahbari amaldagi amir Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.



Manba