"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Yuk tashuvchilar uchun yagona onlayn reyestr va buyurtmalar agregatorini yaratish taklif etilmoqda

Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha ishlar borishi haqidagi taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda xalqaro koridorlardan foydalanish uchun O‘zbekiston ichida logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish zarurligi ta’kidlangan edi. Prezident transport sohasida Angren, Xonobod, Ohangaron, Olat, Termiz va Yangiyo‘l tumanlarini ixtisoslashtirish bo‘yicha ilgari qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarni tingladi.

Toshkent va to‘rtta viloyatda 17 ta logistika kompleksi va terminal qurish rejalashtirilmoqda. Yig‘ilish ishtirokchilari ularni joylashtirish, investorlarni jalb etish, moliyalashtirish va infratuzilma bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, yuk tashuvlarini raqamlashtirish va sohadagi yashirin sektorni qisqartirish masalasi ham ko‘tarildi. Hozircha norasmiy transport xizmatlari soha umumiy aylanmasining 42 foizidan ham yuqori bo‘lib qolmoqda.

Soha oldidagi asosiy muammolardan biri mahalliy yuk avtomobil transporti uchun yagona reyestrning yo‘qligi deb hisoblanadi. Hozirgacha elektron buyurtmalar shakllantirish va transport xizmatlarini birlashtiruvchi elektron tizim yaratilmagan.

Elektron yo‘l hujjatlari va buyurtmalarni qabul qilish uchun yagona raqamli transport tizimi, tashuvchilar reyestri va agregator yaratish taklif etilmoqda.

Shuningdek, elektron ruxsatnomalar almashinuvini kengaytirish va xalqaro yuklarni real vaqt rejimida kuzatishni yo‘lga qo‘yish choralari ham ko‘rib chiqildi. Yangi yechimlarning joriy etilishi tashuvchilar uchun qulayliklar yaratishi, norasmiy xizmatlarni qonuniylashtirishi va avtomobil transporti sohasining shaffofligini oshirishi kutilmoqda.

Manba