"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Farg`ona va Quvasoyda 175 million dollarlik agrologiya markazlari qurilishi rejalashtirilgan

Avvalroq Spot yozganidek, 4-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot eksportini xomashyo emas, balki yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ko‘rinishida yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish orqali $510 mln gacha oshirish vazifasi qo‘yildi.

Buning uchun xitoylik investorlar ishtirokida Farg‘ona va Quvasoyda umumiy qiymati $175 mln bo‘lgan agrologistika markazlari quriladi.

O‘zbekiston, Beshariq va Oltiariq tumanlarida chorvachilik, sutni qayta ishlash va naslli jo‘ja yetishtirish sohasida umumiy qiymati $21 mln bo‘lgan 4 ta loyiha ishga tushiriladi.

Prezident aholi soni o‘sishiga mutanosib ravishda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Joriy yilda 33 ta maktabni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 343 mlrd so‘m ajratildi. Hudud rahbarlariga qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish va xususiy sektorni jalb etish orqali infratuzilmani yaxshilash topshirildi.

Turizm salohiyatini kengaytirish uchun So‘x tumanida Ugam va Miraki tajribasi asosida turistik majmualar, Farg‘ona tumanida esa yirik turistik-rekreatsion zona tashkil etiladi. Qo‘qonda yangi turistik obyektlar yaratiladi va madaniy meros yodgorliklari bo‘ylab marshrutlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Qo‘qonda 17 ta davlat muassasasini “Yangi O‘zbekiston” massiviga ko‘chirish orqali barcha davlat xizmatlarini bir joyda ko‘rsatish tizimi yaratiladi.

IT sohasida viloyat iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biri sifatida IT yo‘nalishini faol rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Hozirda viloyatda IT-parkning 139 rezidenti faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilda IT xizmatlari hajmini 3,5 trln so‘mga, eksportni esa $30 mln gacha oshirish vazifasi qo‘yildi. Farg‘onada yangi IT-park va kompleks tashkil etish, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasini amalga oshirish, Marg‘ilonda xalqaro IT-universitet qurish rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida prezident har bir loyihani aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish bilan bog‘liq holda amalga oshirish, shuningdek qo‘yilgan vazifalar ijrosi uchun shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Avvalroq Spot yozganidek, Xitoydan ananas va mandarinlarni 5-fevralgacha O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat berilgan.

Manba