"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Toshkentda CAWS xalqaro ombor sammiti bo‘lib o‘tadi

IBC Global Toshkentda Central Asia Warehouse Summit (CAWS) xalqaro sammitini o‘tkazishini e’lon qildi. Spot tadbirning axborot hamkori hisoblanadi.

Sammit mintaqaning logistika iqtisodiyoti bilan bog‘liq asosiy muammolar va vazifalarni muhokama qilishga qaratiladi. Tadbirning boshqa asosiy maqsadi – ombor infratuzilmasiga bo‘lgan talabni qondirish uchun ilg‘or yechimlarni izlash va shakllantirishdir.

CAWSda ishlab chiquvchilar, investorlar, logistika operatorlari, chakana sotuvchilar va davlat vakillari ishtirok etadi. Tadbir tajriba almashish, biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish va texnologik yechimlarni namoyish qilish platformasi sifatida xizmat qiladi.

Sammit doirasida jami kapitali 250 million dollardan ortiq bo‘lgan ombor ko‘chmas mulk investitsiya fondlarining taqdimoti ham rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi investitsiya salohiyati va makroiqtisodiy tendensiyalar;
  • Ombor ko‘chmas mulk bozorining sharhi va rivojlanish prognozlari;
  • Loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari;
  • Ombor komplekslarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish;
  • Chakana savdo va elektron tijoratning logistika sohasiga ta’siri;
  • Joriy faoliyat natijalarini tahlil qilish.

CAWSda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridan 150 dan ortiq chakana savdo tarmoqlari, logistika kompaniyalari va elektron tijorat vakillari ishtirok etishga taklif qilindi. Uzum, Korzinka, Havas, Alif Shop, Baraka Market, bi1, Magnum, Ozon, Wildberries, Yandex, Lamoda, Magnit, CDEK va boshqa kompaniyalarning yuqori darajadagi menejerlari kutilmoqda.

Tadbir 16 aprel kuni Toshkentda o‘tkaziladi. Dastur bilan tanishish va ishtirok uchun CAWS veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Avval Spot O‘zbekistondagi savdo markazlari va bozorning asosiy muammolari bo‘yicha tahlil e’lon qilgan edi.

Manba