Press-relizlar
Bir maydonda sanoatlarning sinergiyasi — sanoat rivojlanishining samarali harakatlantiruvchi kuchidir.
Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia kuzgi ko'rgazma mavsumini 2-4-noyabr kunlari Toshkentdagi «Uzexpomarkaz» MKK da bo'lib o'tadigan bir qator xalqaro ko'rgazmalar bilan yakunlamoqda va quyidagi ko'rgazmalarni bir maydonda birlashtiradi:- 16-Xalqaro «Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2022» ko'rgazmasi
- 18-Xalqaro «Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2022» ko'rgazmasi
- 13-Markaziy Osiyo Xalqaro «Xavfsizlik va mudofaa. Qo‘riqlash va yong‘inga qarshi himoya uskunalari va tizimlari. Qutqaruv uskunalari va shaxsiy himoya texnologiyalari – Securex Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi
Dunyoning 24 mamlakatidan – Ozarbayjon, Avstraliya, Avstriya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Eron, Irlandiya, Qozog'iston, Kanada, Qirg'iziston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, BAA, Polsha, Rossiya, AQSH, O'zbekiston, Shveytsariya – 176 kompaniya ishtirok etadi. Bu ko‘rgazmalarga bo‘lgan katta qiziqishni ko‘rsatadi.
Ekspozitsiyaning flagmani - 16-Xalqaro «Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan» ko‘rgazmasi, mamlakatning ixtisoslashgan tadbiri bo‘lib, tog‘-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati uchun texnologiyalar va xizmatlarning to‘liq majmuasini namoyish etadi.Joriy yilda MiningMetals Uzbekistan ko‘rgazmasida tog‘-kon korxonalari, kon boyitish kombinati mutaxassislari, O‘zbekistonning turli hududlari va xorijdan ekspertlar, foydali qazilmalarni qazib olish, boyitish, tashish uchun uskunalar va texnika ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar ishtirok etadi. Bu yerda sohaning asosiy masalalari muhokama qilinadi, shartnomalar tuziladi.
Quvonarlisi shuki, 2021-yilga nisbatan ko‘rgazma ishtirokchilari soni 35 foizga oshgan. 24 ta ekspozitor, ya’ni umumiy ishtirokchilarning 22 foizi ko‘rgazmada birinchi marta ishtirok etmoqda. Bu texnologiyalar ishlab chiqaruvchilarning qiziqishi oshib borayotganini va potentsial investorlar e’tiborini tortayotganini ko‘rsatadi.
Tog‘-kon sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, hukumat bu sohani zamonaviylashtirish, texnologiyalarni joriy qilish va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘zbekiston an’anaviy ravishda oltin, uran, gaz qazib olish bo‘yicha dunyoning kuchli o‘nligiga kiradi. World Gold Council ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil noyabr oyida O‘zbekiston dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlatga aylangan.
Olmaliq KMK va Navoiy KMK – mamlakatning yirik tog‘-kon korxonalari sifatida ilk bor ko‘rgazmada ekspozitor sifatida ishtirok etadi. Ular ishlab chiqarish zanjirini to‘liq namoyish etadi: geologik qidiruvdan tayyor mahsulotgacha.
Mahalliy debyutantlar orasida metall prokatining yetakchi ishlab chiqaruvchisi «Uzmetkombinat» AJ alohida ta’kidlanadi.
Xorijiy ishtirokchilar orasida Germaniya milliy pavilyoni quyidagi kompaniyalarni o‘z ichiga oladi: Haver Niagara, Open Mind Technologies, MKS Anlasser- und Elektrotechnik, Höft, Aumund Fördertechnik, Schade Lagertechnik, CFT Compact Filter Technic, Takraf Delkor. Ular «Made in Germany» brendi ostida yuqori sifatli uskunalarni taqdim etadi.
Bu yil birinchi marta po‘lat, mis, sement, alyuminiy, shisha, neft va kimyo sanoatida faoliyat yurituvchi Eron kompaniyalari guruhi ishtirok etadi.
Shuningdek, an’anaviy ravishda Rossiyaning sanoat mintaqalari – Kemerovo, Novosibirsk, Lipetsk, Orenburg viloyatlari ham ishtirok etadi.
Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida 4-Xalqaro O‘zbekiston kon-metallurgiya forumi – UIMF 2022 o‘tkaziladi. Bu yilgi mavzu: «Geologiya va kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari». Forumda soha kelajagi, ESG chaqiriqlari, raqamlashtirish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.
O‘tkazilish sanasi va joyi: 2-3 noyabr kunlari, Kongress zali, «Uzexpomarkaz» MKK.
Shuningdek, «Kabelnyy Alyans» kompaniyasining «Tog‘-kon sanoati uchun kabel va sim mahsulotlari» mavzusidagi seminari ham rejada bor.
18-Xalqaro «Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi ham qiziqarli ekspozitsiyaga ega bo‘ladi.«TransLogistica» – O‘zbekistondagi yagona transport va logistika mavzusidagi xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, eng so‘nggi yechim va takliflarni namoyish etadi.
Geosiyosiy vaziyat o‘zgarayotgan, an’anaviy yo‘nalishlar yangilanayotgan bir paytda ko‘rgazma katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Bu yili 11 mamlakatdan 50 kompaniya ishtirok etadi. Ishtirokchilar soni har yili oshib bormoqda.
Birinchi marta – «O‘zbekiston havo yo‘llari», Uzbekistan Airports va «O‘zbekiston temir yo‘llari» ko‘rgazmada ishtirok etadi. Mahalliy kompaniyalar, xususan My Freighter, Bravis Alliance ham qatnashadi.
Yevropa ishtirokchilari orasida: Asstra (Shveytsariya), Bunasta (Litva), Schenker (Germaniya), Kreiss (Latviya). MDH mamlakatlaridan: ADY CONTAINER (Ozarbayjon), CARAVAN Logistics (Qirg‘iziston), Evrotrans Grupp (Qozog‘iston), TransKonteyner (Rossiya), SARA Logistics (Ozarbayjon). Osiyodan: LDK INTERNATIONAL LOGISTIC GROUP (Xitoy).
Latviya milliy stendi Ventspils, Riga portlari, Latviyaning logistika markazlarini taqdim etadi.
Doimiy ishtirokchilar: Ardena, APS, MTZ, PTC Holding va boshqalar.
«TransLogistica Uzbekistan» yana bir bor transport sanoatini yagona maydonda birlashtiradi va yangi texnologiyalar, infratuzilma loyihalari, yo‘nalishlar bilan tanishtiradi.
13-Markaziy Osiyo Xalqaro «Xavfsizlik va mudofaa – Securex Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.Ko‘rgazma xavfsizlik, yong‘inga qarshi kurash, favqulodda holatlar uchun zamonaviy texnologiyalarni taqdim etadi. Aholini tabiiy ofatlar, texnogen voqealar, terror xavfidan himoya qilishda qo‘llaniladi.
6 mamlakatdan 16 kompaniya ishtirok etadi. Doimiy ishtirokchilar: HIKVISION, Katod, Radmetron, Regula.
Yangi ishtirokchilar: Proxima, Pojtexnika KG, FlaymStop, FNPTs NII (Rossiya), KZ Yong‘in xavfsizligi markazi (Qozog‘iston), ALU PRO INVEST, Ekom.UZ va boshqalar.
Ko‘rgazmada mutaxassislar eng so‘nggi xavfsizlik vositalari, video kuzatuv tizimlari, yong‘in o‘chirish uskunalari, banknota tekshiruvchilari, radiatsiya monitoringi, kirish nazorati kabi texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Ko‘rgazmaning eng yorqin premyeralaridan biri – KZ Yong‘in xavfsizligi markazi tomonidan tayyorlangan kompozit materialdan yasalgan, 10 yilgacha xizmat qiluvchi yong‘in o‘chirish mashinasidir.
Sanoat ko‘rgazmalari sinergiyasi – ishtirokchilar uchun samarali biznes uchrashuvlar, tajriba almashish va yangi mahsulotlar bilan tanishish imkonini beradi.
3 ta ko‘rgazmaga tashrif buyurishga bo‘lgan qiziqish allaqachon sezilmoqda – 2500 dan ortiq kishi ko‘rgazma boshlanishidan 6 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan. Online ro‘yxatdan o‘tish: https://itecaexhibitions.taplink.ws/
Rasmiy ko‘mak:
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
- O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko‘mak: «Uzexpomarkaz» MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Hamkor:

Tadbir Iteca Exhibitions va uning hamkori – ICA Eurasia xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari tomonidan tashkil etilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: (998 71) 205 18 18, faks: (998 71) 237 22 72
Email: pr@iteca.uz, www.mining.uz, www.trans.uz, www.securex.uz