"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2025" 21-Xalqaro ko`rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Manzil — TransLogistica Uzbekistan


19-Xalqaro “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2023”
ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini 1-noyabrdan 3-noyabrgacha “O‘zekspomarkaz” MKKninig 1-paviloni va Atrium 1 zalida namoyish etadi.

Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Zamonaviy geo-iqtisodiy sharoitda yangi transport yo‘llari va yetkazib berish yo‘nalishlarini izlash va rivojlantirish muhim bo‘lgan bir davrda, TransLogistica Uzbekistan 2023 transport sohasini rivojlantirish, infratuzilma va logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha dolzarb mavzularni yoritadi.

TransLogistica Uzbekistan — ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun eng yangi uskuna va texnologiyalarni namoyish qilish, istiqbolli bozorlarga kirish va potentsial mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish uchun samarali platforma hisoblanadi.

Ushbu ko‘rgazma har qanday ishlab chiqaruvchi uchun katta ahamiyatga ega, chunki aynan shu yerda logistika, saqlash va tovarlarni omborlash masalalariga yechim topiladi.

Bu yilgi ko‘rgazmada 15 davlatdan 60 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi: Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Shveysariya.

Ko‘rgazma ishtirokchilari soni va maydoni bo‘yicha rekord darajaga yetgan.

Ko‘rgazma maydonida quyidagi sohalar bo‘yicha keng qamrovli texnologiyalar, mahsulotlar va yechimlar taqdim etiladi: havo, avtomobil, dengiz, temir yo‘l, multimodal transport, aviakompaniyalar, aeroportlar, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, davlat temir yo‘llari, lokomotivlar, elektrovozlar, teplovozlar, yo‘lovchi vagonlari, tijorat transporti va boshqa transport xizmatlari.

Ko‘rgazma bir qator yorqin debyutlarga ham mezbonlik qiladi. Quyidagi kompaniyalar ilk bor ishtirok etadi: Qanot Sharq (O‘zbekiston), Teg Heavy Projects (O‘zbekiston), Cotton Logistics (O‘zbekiston), MCS (Shveysariya), Ady Express (Ozarbayjon), Alliance Multimodal (Gruziya), Sinocasco (O‘zbekiston), Schmitz Cargobull (Germaniya), Transasia Logistics (O‘zbekiston). Ular tashrif buyuruvchilarga logistik yechimlar, tariflar, IT yechimlar, innovatsiyalar, konteyner tashish xizmatlari va boshqa xizmatlarni taklif etadilar.

Mahalliy kompaniyalar orasida soha yetakchilari ishtirok etadi: Uzbekistan Airports, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Railways, shuningdek, Centrum Logistics Group, Turksib Magistral, First Dry Port Terminal va boshqalar.

Shuningdek, quyidagi xorijiy kompaniyalar ishtirokini qayd etamiz: Ady Express (Ozarbayjon), Alliance Multimodal (Gruziya), Asstra (Shveysariya), Azlogista (Ozarbayjon), MSC (Shveysariya), Turkmanboshi xalqaro dengiz porti (Turkmaniston), Transmashholding (Rossiya).

Latviya milliy stendi doirasida quyidagi kompaniyalar to‘liq xizmat spektrini taqdim etadi: Ventspils erkin porti, Latviya temir yo‘li, Sigis SIA, Quinto Logistics va Liepaja maxsus iqtisodiy zonasi — ekspeditorlik, bojxona, port va xalqaro multimodal logistika xizmatlari.

Ko‘rgazmaning eng yorqin premyeralaridan biri bu — tashqi ko‘rgazma maydonida joylashgan My Freighter kompaniyasining Boeing 747-200F yuk samolyoti maketi bo‘ladi.

Ko‘rgazma doirasida 1–2-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKninig “Kongress Hall” zalida quyidagi muhim tadbirlar o‘tkaziladi:
  • ShHT 1-Xalqaro transport forumi
  • IHT transport vazirlarining 12-yig‘ilishi
  • II-Xalqaro aviatsiya forumi “Aviation and Logistics 2023” (UALF-2023)
Forumlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etiladi.

Forumlarda ko‘rib chiqiladigan masalalar ko‘rgazma mavzulari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, uni to‘ldirib turadi. Boy biznes dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: panel sessiyalari, matbuot anjumani va davlat idoralari vakillari bilan uchrashuvlar.

Ushbu tadbirlar ko‘rgazma va forumlarga tashrif buyurish, mahsulotlar bilan tanishish va fikr almashish niyatida bo‘lgan mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Rasmiy ko‘mak:


Tashkiliy ko‘mak: “O‘zekspomarkaz” MKM

Bosh axborot hamkori:
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Hamkor:


Ko‘rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions va ICA Eurasia Group

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmati bilan bog‘laning:
Tel: + (998 71) 205 18 18
Email: pr@iteca.uz
Veb-sayt: www.trans.uz