Press-relizlar
TransLogistica Uzbekistan 2024: Imkoniyatlar chorrahasi

20-yubiley "Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2024" Xalqaro ko'rgazmasi 5-noyabrdan 7-noyabrga qadar "O'zekspomarkaz" MKKda mutaxassislarni kutib olmoqda.
Tadbir tashkilotchisi - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Bugungi kunda transport iqtisodiyotning ham, umuman jamiyatning ham faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratayotgan barqaror rivojlanishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Yo'lovchi va yuk tashish xizmatlari xomashyo, energiya resurslari va tayyor mahsulotlarni yetkazib berishni, aholi va turistik oqimlarning harakatlanishini ta'minlaydi. Transport tizimining eng muhim qismlaridan biri logistika zanjirlaridir.
O'z tarixini 2004-yildan beri olib borayotgan TransLogistica Uzbekistan qisqa vaqt ichida biznes, mutaxassislar va ixtisoslashgan davlat tuzilmalari professionallari orasida obro'-e'tibor qozondi va bugungi kunda haqli ravishda O'zbekistonda sohaning yetakchi ko'rgazma tadbiri hisoblanadi.
20 yil davomida ko'rgazmada 21 mamlakatdan 1 542 kompaniya ishtirok etdi, 67 996 kishi tashrif buyurdi.
Har yili ko'rgazma tashrif buyuruvchilar e'tiboriga transport barcha turdagi - temir yo'l, avtomobil, aviatsiya, dengiz transporti sohasidagi xizmatlarni, diversifikatsiya qilish va yangi yo'nalishlarni topish bo'yicha yechimlar, shuningdek, savdo yo'llarining siljishi va yangi transport koridorlarining rivojlanishi borasida katta ahamiyatga ega bo'lgan logistika yechimlarining keng doirasini taqdim etadi. Bunday keng ko'lamli takliflar TransLogistica Uzbekistan'ning transport sohasini rivojlantirish, infratuzilma va logistika zanjirlarini takomillashtirish va investitsiyalarni jalb qilish borasidagi dolzarbligini yaqqol tasdiqlaydi.
Bu yil ko'rgazmada 14 mamlakatdan 70 ta kompaniya ishtirok etadi: BAA, Belarus Respublikasi, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Niderlandlar, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Frantsiya, Xitoy, Shveytsariya, O'zbekiston, Qozog'iston.
Ishtirokchilar orasida yuk temir yo'llari, avtomobil, konteyner, dengiz va havo transporti bilan shug'ullanadigan yetakchi mahalliy va xalqaro transport-logistika va ekspeditorlik kompaniyalari, shuningdek port majmualari, terminallar va omborlar, IT-yechimlar ishlab chiquvchilari va yetkazib beruvchilari, bojxona brokerlari, ombor uskunalari yetkazib beruvchilari, sug'urta kompaniyalari va keng qamrovli logistika xizmatlari provayderlari bor.
Tashrif buyuruvchilar nafaqat mavjud yo'nalishlar bilan tanishishlari, balki biznesni kengaytirish va xalqaro hamkorlik istiqbollarini yaratayotgan yangi logistika zanjirlarini o'zlari uchun kashf etishlari mumkin.
Ko'rgazmaning asosiy yangiliklaridan biriga "Ombor, saqlash, intralogistika" ixtisoslashtirilgan sektori aylanadi. Ushbu bo'limda birinchi marta logistika va ombor innovatsiyalari, jumladan Balton Trading (Asia) majmuasi – BREEAM xalqaro ekologik barqarorlik standarti bo'yicha sertifikatlangan O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi "A" toifali logistika majmuasi taqdim etiladi. AXELOT va SG Integration Solutions tovarlarni saqlash va tarqatish samaradorligini oshirishga qaratilgan ombor jarayonlarini optimallashtirish bo'yicha keng qamrovli xizmatlarni namoyish etadi.
Ko'rgazma xalqaro aloqalarni kengaytirish uchun ham muhim maydon bo'ladi: unda birinchi marta Belarus transport sektorining yetakchi vakillari, shu jumladan Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Jenty, Gomel vagonsozlik zavodi, Beleks-logistik, Gradalogistik va boshqalarni ifodalovchi jamoaviy stend bilan Belarus kompaniyalari ishtirok etadi.
An'anaviy ravishda TransLogistica Uzbekista'da ishtirok etadigan Latviya Milliy guruhi yana bir bor Latviya transport sanoatining yetakchi vakillarini namoyish etadi.
Ishtirokchilar orasida Freeport of Riga, RIGA xalqaro aeroporti (RIX), SIGIS SIA, Ventspils erkin porti va Latviya temir yo'li bor. Ularning doimiy ishtiroki Latviya logistika yechimlari va infratuzilmasining xalqaro hamkorlik hamda O'zbekiston va Yevropa o'rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash uchun muhimligini ta'kidlaydi.
Ko'rgazmada logistika operatsiyalarini soddalashtiradigan va avtomatlashtiradigan raqamli va IT yechimlari namoyish etiladi. Masalan, Rossiyaning debyutant kompaniyasi Daobit temir yo'l sektori ishtirokchilari uchun transport jarayonlarini soddalashtirish va nazorat qilishga qaratilgan dasturiy mahsulotlarni taqdim etadi.
Debyut qilayotgan kompaniyalar orasida, shuningdek, SHENZHEN NEPTUNE LOGISTICS CO., LTD (Xitoy) - multimodal transport, CARGO PRO GROUP, MChJ
(O'zbekiston) - yuklarni barcha transport turlari bilan xalqaro ekspeditorlik qilish, tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi, ishlov berish va saqlash, CMA CGM Central Asia LLP, vakolatxonasi (Frantsiya) - Frantsiyada yuk aylanmasi bo'yicha 1-o'rinni va dunyoda 3-o'rinni egallagan yetakchi yuk tashish konteyner liniyasi, STA LOGISTIC EAST (O'zbekiston) - logistika xizmatlari, SONORA RW, SIA (Latviya), QBEX LOGISTICS B.V. (Niderlandlar) va AYRITOM LOGISTICA CENTER (O‘zbekiston) bor.
Doimiy ishtirokchilar orasida: Uzbekistan Airways, Cotton Logistics, Centrum Logistics Group, My Freighter (O'zbekiston), MS Tashkent (O'zbekiston / Shveytsariya), UNICO GLOBAL LOGISTICS TAS (Koreya Respublikasi), Transmashxolding (Rossiya) va boshqalar.
TransLogistica Uzbekistan tashqi ekspozitsiyasida SCHMITZ CARGOBULL AG'dan transport furgonlaridan konteyner tizimlarigacha bo'lgan yarim tirkamalarni ko'rish mumkin, bu esa tashrifchilarga keng ko'lamli transport uchun mo'ljallangan yechimlarning sifati va ishonchliligini baholash imkonini beradi.
TransLogistica Uzbekistan 2024 nafaqat zamonaviy yechimlarning namoyishi, balki global o'zgarishlar sharoitida transport sohasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun zarur bo'lgan professionallar o'rtasidagi o'zaro tajriba, yangi g'oyalarni izlash va hamkorlikni yo'lga qo‘yish uchun muhim nuqta bo'lishni va'da qilmoqda.
Rasmiy ko'mak:
- O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
- Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK

Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Internet-hamkor:

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia Group
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling: Tel: + (998 71) 205 18 18, E-mail: pr@iteca.uz; www.trans.uz