"Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026" 22-Xalqaro ko`rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

TransLogistica Uzbekistan 2025: Muvaffaqiyatli hamkorlik yo`nalishlari


"Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025" 21-xalqaro ko'rgazmasi 11-13 noyabr kunlari
"O'zekspomarkaz" MKKning Atrium-1 zali, 1, 2-pavilyonlari va ochiq maydonida bo'lib o'tadi.

Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etilmoqda.

Transport iqtisodiy rivojlanishning asosiy ustunlaridan biri bo'lib, O'zbekistonda ayniqsa muhim rol o'ynaydi. Markaziy Osiyoning markazida strategik joylashuvi tufayli transport infratuzilmasining rivojlanishi tashqi savdo aloqalarining o'sishiga yordam beradi va mamlakatning logistika salohiyatini mustahkamlaydi. Transport xizmatlari ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini, xom ashyo va mahsulotlar yetkazib berilishini ta'minlaydi, eksport imkoniyatlari va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, transport muhim ijtimoiy funktsiyani bajaradi: u turizmni rivojlantiradi, aholining harakatchanligini oshiradi, ta'lim, madaniyat va biznes faoliyatiga kirishni yaxshilaydi, hayot sifatini va mintaqaviy integratsiyani yaxshilashga hissa qo'shadi.

2004-yilda ilk bor tashkil etilgan TransLogistica Uzbekistan ko'rgazmasi hozirda O'zbekistondagi sohaning yetakchi ko'rgazmasi bo'lib, mamlakat transport sohasini rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqda. Ko'rgazmaning davlat idoralari va tijorat tashkilotlari uchun ahamiyati mavjud yo'nalishlarning rivojlanishi va o'zgarishi hamda yangi transport yo'nalishlarini faol izlash tufayli ayniqsa dolzarb bo'lib kelgan.

Bu yil ko'rgazma an'anaviy ravishda avtomobil, dengiz, temir yo'l, multimodal, havo transporti, logistika xizmatlari va ta'minot zanjiri kabi transport sektorining turli sohalarida texnologiyalar, mahsulotlar va yechimlarning keng doirasini namoyish etadi. Faol savdo rivojlanishi, jumladan, elektron tijoratning tez o'sishi fonida tobora dolzarb bo'lib borayotgan "Omborlar va ombor texnologiyalari" bo'limiga alohida e'tibor qaratiladi. Ombor logistikasidagi zamonaviy yechimlar yuklarni qayta ishlashni tezlashtirish, saqlashni optimallashtirish va oxirgi iste'molchilarga yetkazib berish samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

TransLogistica Uzbekistan 2025 koʻrgazmasida - Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, BAA, Pokiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Oʻzbekiston, Shveytsariya kabi 14 mamlakatdan 75 ta kompaniya ishtirok etadi.

Ishtirokchilar qatoriga barcha transport turlari orqali yuk va yo'lovchi tashishni ta'minlovchi transport kompaniyalari, logistika markazlari, port majmualari, terminallar va omborlar, temir yo'l markazlari va yuk tashish kompaniyalari kiradi.

Ko'rgazma mutaxassis tashrif buyuruvchilarga yuk tashish kompaniyalari va o'zlarining yuk mashinalari, konteynerlar, temir yo'l vagonlari, dengiz va havo kemalari, terminallar, omborlar va port infratuzilmasi egalari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa orqali har qanday tijorat yuklarini yetkazib berishni optimallashtirish jarayonini o'rganish imkonini beradi. Bu ularga transport va logistika zanjirini qurish uchun ishonchli hamkorlarni topish va qulay hamkorlik shartlari bo'yicha muzokaralar olib borish imkonini beradi.

Bu yil ko'rgazma 30 yildan ortiq tajribaga ega, Yevropa, MDH, Osiyo va Shimoliy Amerikada ofislar tarmog'iga ega bo'lgan, xalqaro transport va logistika guruhi bo'lgan, shuningdek, xalqaro transport, multimodal logistika va bojxona rasmiylashtiruvi uchun kompleks yechimlarni taklif qiluvchi kumush homiy ASSTRA-Associated Traffic AG tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Mahalliy kompaniyalar orasida sohaning yetakchi kompaniyalari - Uzbekistan Airports, O’zbekiston Havo yo’llari, O`ZTEMIRYO`LKONTEYNER, shuningdek, Centrum Logistics Group, FLY KHIVA, First Dry Port Terminal va boshqa kompaniyalar ishtirok etadi.

Logenix International (AQSh), Даобит (Rossiya), Трансмашхолдинг (Rossiya) va APS (Belarus Respublikasi/O'zbekiston) kabi taniqli xorijiy kompaniyalar transport logistikasi, mashinasozlik va ta'minot zanjiri boshqaruvi sohasidagi zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni taqdim etadilar.

Latviya milliy stendi an'anaviy ravishda ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilarning e'tiborini tortadi. Bu yil unda Ventspils erkin porti boshqarmasi, Riga erkin porti, Latviya temir yo'llari va Liepaya maxsus iqtisodiy zonasi ishtirok etadi. Kompaniyalar yuk tashish, bojxona, port va xalqaro multimodal logistika xizmatlarining to'liq spektrini namoyish etadilar. Latviya kompaniyalarining ushbu formatda har yili ishtirok etishi ularning O'zbekiston va Yevropa o'rtasida yuk tashishni rivojlantirishga faol qiziqishini ta'kidlaydi, bu esa biznes va xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Belarus Respublikasining jamoaviy stendida sohaning yetakchi kompaniyalari: “Белинтертранс” davlat korxonasi, “Минский вагоноремонтный завод” OAJ, “Гомельский вагоностроительный завод” YoAJ, “Брестский электротехнический завод»” OAJ, “Гомельский электромеханический завод” OAJ, “Genty-Spedition” MChJ va “T Трансавиаэкспорт” OAJ harakatlanuvchi tarkibni ishlab chiqarish, taʼmirlash va integratsiyalashgan logistika sohasidagi yechimlarni namoyish etadilar.

Debyutantlar orasida WR Logistics (Germaniya), Mutlular Transport Limited Sirketi (Turkiya), Al Bayan Logistics L.L.C. (BAA), Artes GmbH (Germaniya), ABS Logistics Pvt. Ltd (Hindiston), KH Lego Group, LLC (O'zbekiston), Negabaritika (Rossiya) va Anka Intermodal Logistics (Turkiya) kabi kompaniyalar xalqaro tashish, multimodal logistika va katta o'lchamli yuklarni tashish sohasidagi zamonaviy yechimlarni taqdim etadilar.

Ko’rgazmaning ochiq maydonida Xiangyang Tenglong Automobile (Xitoy/Oʻzbekiston) va Viterra (Oʻzbekiston) kompaniyalar ishtirok etadilar. Unda tashrif buyuruvchilar siqilgan tabiiy gaz (CNG) bilan ishlaydigan SYC6850CNG shahar avtobusining 8,6 metrli modeli, shuningdek, turli sohalardagi korxonalar uchun moʻljallangan omborxonalar uchun stellaj tizimlarini koʻrish mumkin.

TransLogistica Uzbekistan biznes dasturi doirasida 11-noyabr kuni transport va logistika sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun muhim bo'lgan ikkita tadbir bo'lib o'tadi.
  • " Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics Forum" xalqaro aviatsiya va logistika forumi. Kongress-xoll zali, O'zekspomarkaz. Tashkilotchi: O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
  • ATI-SU va Даобит kompaniyalari tomonidan avtomobil va temir yo'l transporti uchun raqamli yechimlarni taqdim etadigan seminarlar va taqdimotlar. 1-chi va 2-chi pavilyonlar orasidagi seminarlar hududi.

Taqdimotlar mavzulari, ayniqsa, soha mutaxassislari uchun dolzarb va foydali bo'ladi.

TransLogistica Uzbekistan 2025 ko'rgazmasi ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga transport va logistika sohalaridagi eng so'nggi ishlanmalar va yechimlarni ko'rish, sanoatning dolzarb muammolarini muhokama qilish va yetakchi bozor ishtirokchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Tadbir global o'zgarishlarga qaramay, biznesning rivojlanishiga yordam beradigan hamkorlarni topish, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.

Rasmiy ko’mak:
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat qoʻmitasi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
  • Toshkent shahar hokimiyati
Tashkiliy ko’mak:

Ko'rgazmaning kumush homiysi:

Bosh information hamkor:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Texnik hamkorр:

Internet-hamkor:


Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia Group
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, E-mail: pr@iteca.uz; www.trans.uz