Yangiliklar
O‘zbekistonda 24 ta logistika markaziga “quruq port” maqomi berildi.
Sular qatorida — Orient Logistics Centre, Termez Cargo Center va Angrenskiy logistika markazi.BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) O‘zbekistondagi bir qator transport-logistika markazlariga “quruq port” maqomini berdi, deb xabar qiladi Transport vazirligi.
Vazirlik vakili I. Absattorov Bangkokda bo‘lib o‘tgan ESCAPning “quruq portlar” bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishida 24 ta obyekt ro‘yxatini taqdim etdi. U obyektlarning quruq portlar bo‘yicha hukumatlararo bitimning II-ilovasida belgilangan talablariga muvofiqligini o‘rganish natijalarini taqdim etdi.
Tadqiqotlar Transport va logistika rivojlanishini o‘rganish markazi tomonidan ESCAPning texnik ko‘magida amalga oshirildi. Zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlangan obyektlar xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida e’tirof etiladi.
Ro‘yxatga Toshkentda 7 ta, Toshkent viloyatida 4 ta, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpog‘istonda 2 ta, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Namangan viloyatlarida 1 tadan obyekt kiritilgan.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha barcha 24 ta obyekt xalqaro “quruq portlar” ro‘yxatiga kiritildi:
- Universal Logistics Services;
- First Dry Port Terminal;
- Orient Logistics Centre;
- Terminal Services Invest Group;
- Azia Trans Terminal;
- Texnopark;
- Uzbekistan Airports Cargo;
- Angrenskiy logistika markazi;
- Highway Logistics Centre;
- Forward Trans Terminals;
- Multimodal Trans Terminal;
- “Jizzax” logistika markazi;
- “Qo‘qon” logistika markazi;
- “Farg‘ona ulgurji savdo”;
- “Marg‘ilon” logistika markazi;
- Rovuston logistika markazi;
- “Ulug‘bek” logistika markazi;
- “Termiz” logistika markazi;
- Airitom Logistics Centre;
- Termez Cargo Centre;
- Navoi Cargo;
- “Buxoro” logistika markazi;
- “Nukus” logistika markazi;
- Kungrad Cargo Impex.
ESCAPning quruq portlar bo‘yicha hukumatlararo bitimi 2013 yilda imzolangan. Hujjat quruqlikdagi logistika komplekslarining yuklarni qayta ishlash, vaqtincha saqlash, tekshirish va bojxona nazorati, shuningdek imkoniyat bo‘lsa, qabul qilish va jo‘natish, yig‘ish, taqsimlash va qayta yuklash bo‘yicha faoliyatini qamrab oladi. O‘zbekiston bitimga 2021 yilda qo‘shilgan.
Hujjatda “quruq portlar” infratuzilmasi va jihozlariga oid tavsiyalar ko‘rsatilgan. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- import, eksport, qayta yuklash, shuningdek tez buziladigan, qimmatbaho va xavfli yuklar uchun alohida (yopiq va ochiq) ombor maydonlari;
- omborxona uskunalari, jumladan bojxona bond omborlari;
- bojxona nazorati va inspeksiya uchun uskunalar;
- yuklar va konteynerlarni qayta ishlash uskunalari;
- yetarli joyga ega yuk mashinalari uchun to‘xtash joylari;
- IT tizimlari, jumladan elektron ma’lumot almashinuvi tizimlari, skanerlar va yuk tarozilari.
Bundan avval Spot Pokistonning Xitoy va Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga yuk tashishni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.
Manba